KAFEDRA TARIXI
“Ijtimoiy fanlar va xorijiy tillar” kafedrasi 2024-yil sentyabr oyida tashkil etilgan bo‘lib, kafedra tarkibida jami 14 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatadi. Kafedra mudiri Ergasheva Malika Xakimjonovna, 12 nafar professor-o‘qituvchi va 2 nafar dotsent faoliyat ko‘rsatadi. Kafedrada Davolash ishi, Pediatriya ishi, Farmatsiya, Psixologiya yo‘nalishi talabalariga malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan Tibbiyotda xorijiy til, Lotin tili va tibbiy terminologiy, Rus tili, O‘zbek tili, Falsafa, O‘zbekistonning eng yangi tarixi, Tibbiyotda axborot texnologiyalari, Farmasevtikada axborot texnologiyalari, Oliy matematika, Raqamli axborat texnologiyalari, Umumiy psixologiya, Eksperimental psixologiya, Rivojlaish psixologiyasi va differensial psixologiya, Jismoniy tarbiya va sport fanlaridan ma’ruza, seminar va amaliy mashg’ulotlari olib boriladi. Bundan tashqari, davolash ishi yo‘nalishiga qabul qilingan xorijlik talabalar uchun ham xorijiy tilda mashg‘ulotlar olib boriladi.
Русский
English