Ekofaol talaba

Тoshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filialida “Yashil makon” mummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ko‘kalamzorlashtirish ishlari haqida, Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filialida mamlakatimizda keng ko‘lamda amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida navbatdagi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari tashkil etildi.

Ushbu tashabbus filial hududini yanada obod va ko‘rkam holga keltirish, ekologik muhitni yaxshilash hamda yoshlar ongida tabiatga mehr-muhabbat tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratilgan muhim amaliy qadamlardan biri bo‘ldi.

Mazkur tadbir davomida filial hududida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, turli xil manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari, shuningdek, bezak butalari ekildi. Ekilgan ko‘chatlar hududning iqlim sharoitidan kelib chiqib tanlandi va ularni parvarishlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Bu esa kelgusida yashil hududlarning kengayishiga xizmat qiladi.