KAFEDRA TARIXI
“Tibbiy-biologik kimyo” kafedrasi “Tibbiy fundamental fanlar” kafedrasi asosida 2025-yilda tashkil qilingan.
2021-2022 o‘quv yilidan boshlab O‘zDJTSU Tibbiyot fakulteti tashkil qilingan. “Sport tibbiyoti va biokimyo” kafedrasi tarkibida Davolash ishi yo‘nalishi talabalari uchun aloxida pedagoglar biriktirilib, kafedra kengaytirilgan va Nishanov I.B. raxbarligi ostida o‘z ishini olib borganlar. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan 28-iyul 2023-yildagi PQ-244-sonli hujjati asosida Toshkent viloyatini malakali tibbiyot kadrlari bilan taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining tibbiyot fakulteti negizida Toshkent tibbiyot akademiyasining Chirchiq filiali tashkil etildi.
Shu munosabat bilan, “Sport tibbiyoti va biokimyo” kafedrasi 2024-yil 3- yanvardan Toshkent tibbiyot akademiyasi Davolash fakulteti Tibbiy fundamental fanlar kafedrasiga o‘zgartirildi va Serebryakov V.V. raxbarlik ostida o‘z ishini olib borganlar. “Tibbiy fundamental fanlar” kafedrasidan 2024-yil 4-sentabrdan “Tibbiy-biologik fanlar” kafedrasi ajralib chiqdi. 2025-yil 2-sentabrdan kafedra nomi “Tibbiy-biologik kimyo” kafedrasiga o‘zgartirildi. Hozirgi kunda kafedra Saydullayev Abduxalim Abdusalim o‘g‘li rahbarligi ostida. Kafedrada “Davolash ishi”, “Pediatriya ishi”, “Farmatsiya” yo‘nalishi talabalariga malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan Tibbiy kimyo, Noorganik kimyo, Organik kimyo, Tibbiy va biologik fizika, Analitik kimyo, Fizik va kolloid kimyo, Biokimyo, Mutaxassislikka kirish, fanlaridan amaliy va ma’ruza mashg‘ulotlari olib boriladi. Bundan tashqari, chet davlatlardan kelgan “Davolash ishi” yo‘nalishi xorijlik talabalari uchun ham mashg‘ulotlar olib boriladi.
Kafedra mudiri: PhD, Saydullayev
Abduxalim Abdusalim o‘g‘li
Mutaxassisligi: Noorganik moddalar va ular
asosidagi materiallar texnologiyasi
Qabul vaqti: dushanba 14:00 dan 16:00 gacha,
shanba14:00dan 15:00 gacha
Uyali aloqa telefoni: +998 90 123 46 41
| № | FISH | Lavozim | Foto 3/4 | Tel: |
|---|---|---|---|---|
| 1. | Saydullayev Abduxalim Abdusalim o‘g‘li | Kafedra mudiri, (PhD). | 90 123 46 41 | |
| 2. | G‘aniyev Pirnazar Xudoynazarovich | Dotsent, (PhD) | 91 143 92 88 | |
| 4. | Hamrokulov Jaloliddin Baxriddinovich | Dotsent, (PhD) | 91 243 44 04 | |
| 5. | Sultonova Maloxat Abdusamatovna | Katta o‘qituvchi | 99 646 56 12 | |
| 6. | Turg‘unova Saboxat Ilxomjon qizi | Assistent o‘qituvchi | 88 878 08 29 | |
| 7. | Qurbonaliyev Qodirjon Mashrab o‘g‘li | Assistent o‘qituvchi | 99 143 32 44 | |
| 8 | Saydullayev Sarvarbek Abdusalim o‘g‘li | Assistent o‘qituvchi | 91 106 40 43 |