Registrator ofisi haqida

Bolim faoliyati haqida

Registrator ofisi bo‘limi Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali (TDTU Chirchiq filiali)ning tarkibiy bo‘linmasi hisoblanib talabalikka qabul, oʻquv jarayoni va talabalarga xizmat koʻrsatish, akademik faoliyatni tashkil etish hamda taʼlim jarayonining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash, tizimda byurokratik toʻsiqlar yuzaga kelishini oldini olish va tahliliy maʼlumotlarni shakllantirish, shuningdek, qaror qabul qilish jarayonini optimallashtirish kabi vazifalarni amalga oshiradi.

Bo‘limning asosiy funksiyalari:

Talabalarga tegishli boʻlgan statistik maʼlumotlarni yuritish hamda “HEMIS” axborot tizimiga toʻgʻri kiritilishini nazorat qilish;

Talabalar hujjatlarini yuritish va saqlash jarayonini muvofiqlashtirish:

“HEMIS”, “Moodle”, “LMS” taʼlim platformalari va idoralararo yagona elektron hujjat aylanish “ijro.gov.uz” tizimidan foydalanish va ijrosini taʼminlash;

Ofisda amalga oshirilgan ishlarning holatini, shuningdek, TDTU Chirchiq filiali oʻquv jarayonining tashkil etilishi holatini tizim orqali baholab borish;

Oʻquv jarayoni grafigiga asosan elektron taʼlim platformasida oʻquv ishlari prorektori tomonidan tasdiqlangan yakuniy nazoratlar jadvali asosida oʻz vaqtida oʻtkazilishini tizim orqali nazorat qilish;

TDTU Chirchiq filialiga oʻqishga qabul qilish, talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarga asosan TDTU Chirchiq filialining elektron taʼlim platformasi orqali talabalar harakatini umumlashtirish va tahlil qilish (oʻqishini koʻchirish, akademik taʼtilga chiqarish va qaytarish, oʻqishini tiklash);

Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar va TDTU Chirchiq filiali tomonidan oʻrnatilgan talablar asosida oʻquv jarayonini tizim orqali toʻgʻri tashkil etilishini hamda professor-oʻqituvchilar, xodimlar va talabalarning bu jarayondagi faoliyatini muvofiqlashtirishda ishtirok etish.


Registrator ofisioʻz funksiyalarini bajarishda quyidagi huquqlarga ega:

davlat taʼlim standartlari, oʻquv rejalari va fanlar dasturlari yangilanayotganda ushbu meʼyoriy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda ishtirok etish;

har oʻquv yilida kafedralar va o‘quv-uslubiy boshqarmaga ishchi oʻquv rejalari hamda fanlarning oʻquv va ishchi oʻquv dasturlarini tayyorlashda ishtirok etish;

fakultetlar va kafedralardan ishchi oʻquv rejalari, fanlarning ishchi dasturlari, professor-oʻqituvchilarning shaxsiy ish rejalarini so‘rab olish;

tayyorlanayotgan meʼyoriy va boshqa hujjatlar boʻyicha kafedralardan ushbu hujjatlar loyihalariga takliflar va tavsiyalar so‘rab olish;

kafedralarda tayyorlanayotgan darslik va oʻquv qoʻllanmalari hamda boshqa turdagi akademik materiallar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soʻrab olish;

dekanatlar, kafedralar va boshqa boʻlimlardan oʻquv jarayoni bilan bogʻliq boʻlgan boshqa hujjatlar va maʼlumotlarni ham olishi;

Registrator ofisiamaldagi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi;

Registrator ofisivakolatiga kiradigan masalalarni muhokama qilish bo‘yicha yig‘ilishlar o‘tkazish hamda seminarlar tashkil etishi mumkin.

Registrator ofisi”ning oʻz funksiyalarini bajarishdagi majburiyatlari:

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati, Qonunchilik palatasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Hukumat va vazirlik topshiriqlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarish;

Registrator ofisi”ga yuklangan vazifa va funksiyalarni samarali tashkil etish;

jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini o‘z vaqtida kо‘rib chiqish;

meʼyoriy hujjatlar loyihalarini (loyihalarga takliflarni) sifatli va o‘z vaqtida tayyorlash hamda rahbariyatga taqdim etish;

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filialida oʻquv jarayonini tasdiqlangan davlat taʼlim standartlari asosida tashkil qilish, ushbu jarayonga huquqiy-meʼyoriy va boshqa hujjatlarning toʻla joriy etilishini ta’minlash.