Eng yaxshi tyutor tanlovi

Eng yaxshi tyutor tanlovi
2026-08-20

📢 E’LON

Hurmatli professor-o‘qituvchilar va tyutorlar!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-oktabrdagi 656-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, oliy ta’lim tashkilotlarida har yili “Eng yaxshi tyutor” tanlovi o‘tkaziladi.

Shu munosabat bilan Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filialida faoliyat yuritayotgan tyutorlar o‘rtasida “Eng yaxshi tyutor” tanlovi boshlanganini e’lon qilamiz!

🏆 Tanlov 2 bosqichda o‘tkaziladi:

1️⃣ Fakultet bosqichi — har yili oktabr oyining ikkinchi o‘n kunligida fakultet tyutorlari o‘rtasida;

2️⃣ Oliy ta’lim tashkiloti bosqichi (yakuniy) — fakultet bosqichi g‘oliblari o‘rtasida noyabr oyining uchinchi o‘n kunligida.

📌 Fakultet bosqichi yakunlariga ko‘ra 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan g‘oliblarga keyingi bosqichda ishtirok etish uchun yo‘llanma beriladi.

📄 Tanlov nizomi bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:

🔗 [Havola]

✨ Tanlovda faol ishtirok eting va “Eng yaxshi tyutor” bo‘lish uchun o‘z imkoniyatingizni namoyon eting!

3-ilova.pdf
PDF hujjatni ko'rish / yuklab olish
Bosh sahifaga qaytish