Asosiy matnga o'tish

DIQQAT, TANLOV! TYUTORLIK LAVOZIMIGA ISHGA TAKLIF ETAMIZ

DIQQAT, TANLOV! TYUTORLIK LAVOZIMIGA ISHGA TAKLIF ETAMIZ
2026-10-16

DIQQAT, TANLOV! TYUTORLIK LAVOZIMIGA ISHGA TAKLIF ETAMIZ

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali tyutorlik lavozimiga malakali va tashabbuskor mutaxassislarni ishga taklif etadi.

Nomzodlarga qo‘yiladigan asosiy talablar:

  • Oliy ma’lumotga (bakalavr darajasiga) ega bo‘lish. Ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega nomzodlarga ustunlik beriladi;
  • pedagogik-psixologik bilim va tajribaga ega bo‘lish;
  • ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni tashkil etish usullari hamda amaliyotini yaxshi bilish;
  • mas’uliyatli, madaniyatli, kirishimli, vatanparvar va tashabbuskor bo‘lish;
  • mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
  • ta’limga oid normativ-huquqiy hujjatlar va ta’lim standartlarini bilish;
  • talabalar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
  • axborotni tahlil qilish, hujjatlar tayyorlash hamda fikrini yozma va og‘zaki ravishda aniq bayon eta olish;
  • talabalarning muammolarini aniqlash va ularni hal etish bo‘yicha samarali yechimlarni taklif qila olish.

Nomzodlardan talab etiladigan hujjatlar:

  1. Obyektivka (ma’lumotnoma).
  2. Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi.
  3. Pasport ma’lumotlari nusxasi.
  4. Pedagogik faoliyat davomida erishilgan natijalarni tasdiqlovchi hujjatlar (sertifikat, tashakkurnoma, faxriy yorliq yoki diplom) — 2 nusxada.

Hujjatlarni topshirish va tanlov bosqichlari:

  • 1-bosqich: 2026-yil 20–25-oktyabr kunlari soat 10:00 dan 17:00 gacha hujjatlar elektron va qog‘oz shaklida, papkada, 2 nusxada topshiriladi.
  • 2-bosqich: 2026-yil 25–27-oktyabr kunlari hujjatlar ishchi guruhi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
  • 3-bosqich: 2026-yil 28–30-oktyabr kunlari nomzodlar bilan suhbat o‘tkaziladi.

Nomzodlar suhbat hamda kompyuter savodxonligi (Word va Excel dasturlari) bo‘yicha imtihon asosida saralab olinadi.

Hujjatlarni topshirish manzili: Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi.

Belgilangan malaka talablariga javob bermaydigan nomzodlar tyutorlik lavozimiga tayinlanmaydi.

Mazkur talablar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-noyabrdagi 656-son qarori bilan tasdiqlangan tyutorlik faoliyatiga oid nizom asosida belgilangan.

Tyutorlik faoliyatini tashkil etish tartibi bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:

https://lex.uz/en/docs/-7774756

O‘z bilimi, tajribasi va tashabbusi bilan talabalar ta’lim-tarbiyasiga hissa qo‘shishni istagan mutaxassislarni tanlovda ishtirok etishga chorlaymiz!

Bosh sahifaga qaytish