🌍 Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali vakillari Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan xalqaro sammitda ishtirok etmoqda
🌍 Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali vakillari Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan xalqaro sammitda ishtirok etmoqda.
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali vakillari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan World Summit – “Investing in Children’s Wellbeing” xalqaro sammitida ishtirok etmoqda.
Mazkur xalqaro tadbir doirasida Bolalar onkologiyasi va gematologiyasi bo‘yicha 2-xalqaro kongress ham tashkil etilgan bo‘lib, unda bolalar salomatligini muhofaza qilish, onkologik va gematologik kasalliklarning oldini olish, tashxislash hamda davolashning zamonaviy yondashuvlari muhokama qilinmoqda.
Sammit tibbiyot sohasidagi xalqaro tajribani o‘rganish, ilg‘or ilmiy-amaliy yutuqlar bilan tanishish, mutaxassislar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish va istiqbolli hamkorlik aloqalarini rivojlantirish uchun muhim maydon hisoblanadi.
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali vakillarining ushbu xalqaro tadbirda ishtirok etishi tibbiy ta’lim va ilm-fan sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash hamda tibbiyot kadrlarini tayyorlash sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Bolalar salomatligi — kelajak investitsiyasi!
O'zbek
Русский
English