Asosiy matnga o'tish

📢 “KELAJAK TADBIRKORI – 2026” KASB, BANDLIK VA TADBIRKORLIK IMKONIYATLARI YARMARKASI

📢 “KELAJAK TADBIRKORI – 2026” KASB, BANDLIK VA TADBIRKORLIK IMKONIYATLARI YARMARKASI
2026-10-22

📢 “KELAJAK TADBIRKORI – 2026” KASB, BANDLIK VA TADBIRKORLIK IMKONIYATLARI YARMARKASI


Toshkent viloyatida o‘tkazilayotgan “Kelajak tadbirkori – 2026” kasb, bandlik va tadbirkorlik imkoniyatlari yarmarkasida Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali faol ishtirok etmoqda.


Yarmarka doirasida filial tomonidan maxsus pavilion va ko‘rgazma maydonlari tashkil etilib, ta’lim muassasasining faoliyati, mavjud imkoniyatlari hamda klinik bazalari namoyish etilmoqda. Shuningdek, filialning klinik bazalari ish beruvchilar sifatida mehnat yarmarkasida faol qatnashib, ishtirokchilarga mavjud ish o‘rinlari va kasbiy faoliyat imkoniyatlari haqida ma’lumot bermoqda.


Tadbirda filialning professor-o‘qituvchilari hamda talabalari faol ishtirok etib, o‘zaro tajriba almashish, kasbiy aloqalarni kengaytirish va yangi imkoniyatlar bilan tanishish imkoniga ega bo‘lmoqda.

Mazkur yarmarka yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish, kasbiy salohiyatini namoyon etish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.


Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali — ta’lim, kasbiy rivojlanish va bandlik imkoniyatlarini kengaytirish yo‘lida!

Fotogalereya (8)

Bosh sahifaga qaytish