Akademik (oʻquv) faoliyati boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar:
akademik maʼlumotnoma va transkript berish;
akademik mobillik asosida boshqa oliy taʼlim tashkilotiga ketgan talabalarning hujjatlarini tegishli tartibda rasmiylashtirish;
imtihon natijalari boʻyicha apellyatsiya arizalarini qabul qilishni tashkil qilish;
imtihonlar roʻyxatini shakllantirish va talabaga taqdim etish;
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali talabalariga oʻqishni koʻchirish va qayta tiklash uchun ariza yuborishga koʻmaklashish;
stipendiya va turli grant tanlovlarida ishtirok etish uchun ariza qabul qilish;
talabaga oʻzining GPA koʻrsatkichi haqida maʼlumotnoma taqdim etish;
talabalar davomatini amaldagi tartibga asosan sababli va sababsiz holatga oʻtkazish;
talaba uzrli sabablarga ko‘ra (kasal, yaqin qarindoshining betobligi yoki vafoti, tug‘ruq holati kabilar) oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turiga kirmagan talabalar uchun tegishli fanlardan shaxsiy grafik yaratish;
talabalar hujjatlarini qabul qilish va arxivga topshirish;
talabalarga imtihon natijalarini taqdim etish;
talabalarga qayta oʻqish uchun ariza berishga koʻmaklashish;
talabalarga turli xil maʼlumotnoma (oʻqish joyidan, v.b.)lar berish;
talabalarga oʻquv varaqa taqdim etish;
talabalarga fan resurslari boʻyicha maʼlumot taqdim etish;
talabalarni HEMIS platformasida keyingi kursga oʻtkazish;
talabalarni oʻzlashtirish koʻrsatkichlari haqida maʼlumot taqdim etish;
talabalarning joriy, oraliq va davomat natijalariga koʻra yakuniy nazoratlarda ishtirok etishiga ruxsat berish;
talabalarning parolini tiklash;
talabalarning tyutorlar tomonidan to‘g‘ri to‘ldirilgan shaxsiy hamda oʻquv maʼlumotlarini tahrirlash;
talabalik guvohnomasini tayyorlash va talabalarga taqdim etish;
talabani bir guruhdan ikkinchi guruhga koʻchirib oʻtkazish;
tashqi xizmatlar: Ijtimoiy himoya reyestri va ayollar daftarida turuvchi talabalar yagona reestri bazasidan sinxronizatsiya qilib roʻyxat shakllantirish;
oʻqishini koʻchirishga tavsiya etilgan, o‘qishga tiklangan yoki kursda qolgan talabalarning o‘quv rejalaridagi fanlar farqini aniqlash;
oʻquv dasturlari haqida maʼlumot berish.
Buxgalteriya va marketing boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar:
qayta oʻqishga shartnoma berish;
stipendiya toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish;
hisob varagʻini shakllantirib berish;
talabalarga toʻlov-shartnomasi olish uchun ariza berishga koʻmaklashish;
talabaning yotoqxonalarga joylashish shartnomasi boʻyicha qarzdorligi va haqdorligi haqida maʼlumot berish;
talabaning qayta oʻqish shartnomasi boʻyicha qarzdorligi va haqdorligi haqida maʼlumot berish;
talabaning toʻlov-shartnomasi boʻyicha qarzdorligi va haqdorligi haqida maʼlumot berish;
toʻlov-shartnoma summasi haqida maʼlumot berish;
bitiruvchi talabalarga boʻlgʻusi ish oʻrni toʻgʻrisida kengroq axborotlar berish, mehnat yarmarkalarni oʻtkazishga koʻmaklashish.
Koʻrsatilishi zarur boʻlgan boshqa qoʻshimcha xizmatlar:
oʻqishga qabul va oʻqishni koʻchirish yuzasidan konsultatsiya berish;
talabalarga ishga joylashish borasida tavsiyalar berish;
talabalarga Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali mavjud turli xizmatlar va resurslar haqida maʼlumot berish.