Ko'z nuri yo'lida o'tgan umr
Ko'z nuri yo'lida o'tgan umr
Sharipova Laylo Raximovna — tibbiyot fanlari nomzodi, oliy toifali shifokor. 1992-yildan buyon Chirchiq shahar tibbiyot birlashmasida avval oftalmolog, so'ngra bo'lim boshlig'i lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Mehnat faoliyati davomida har yili 1000 dan ortiq bemorga malakali oftalmologik yordam ko'rsatgan, bir yilda 300 dan ortiq bemorni jarrohlik yo'li bilan davolagan. Chirchiq shahrida birinchi bo'lib sun'iy gavhar implantatsiyasi va gavhar fakoemulsifikatsiyasi jarrohlik usullarini amaliyotga qo'llagan.
Laylo Raximovna bir qator nufuzli xorijiy davlatlarda malakasini oshirgan, nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Uning fidokorona mehnati munosib e'tirof etilgan: 2019-yilning eng yaxshi shifokori deb tan olingan, "O'zbekiston mustaqilligining 15 yilligi" ko'krak nishoni, Chirchiq shahar hokimligining qimmatbaho sovg'alari va faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan.
Bugungi kunda u Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filialida boy ilmiy salohiyati va amaliy tajribasini yosh avlod bilan baham ko'rmoqda. O'quv jarayonida zamonaviy ta'lim usullaridan foydalanib, talabalarga samarali bilim berishga munosib hissa qo'shmoqda.
O'zbek
Русский
English