RENTGEN — TIBBIYOT OLAMIDAGI BUYUK KASHFIYOT
#Bir_ixtiro_tarixi
#Tibbiyot_tarixi
RENTGEN — TIBBIYOT OLAMIDAGI BUYUK KASHFIYOT
🔬 Tibbiyot rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ixtirolardan biri — rentgen nurlaridir.
1895-yilda nemis fizigi Vilgelm Konrad Rentgen noma’lum nurlarni kashf etdi. Keyinchalik uning nomi bilan atalgan ushbu nurlar tibbiyotda yangi diagnostika imkoniyatlarini yaratdi.
🩻 Rentgen tekshiruvi yordamida inson tanasidagi suyaklar va ayrim ichki tuzilmalarning tasvirini olish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu esa suyak sinishlari, o‘pka kasalliklari va boshqa holatlarni aniqlashda muhim ahamiyat kasb etdi.
🏅 1901-yilda Vilgelm Konrad Rentgen fizika bo‘yicha birinchi Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Bugungi kunda ham rentgen texnologiyalari tibbiy diagnostikaning muhim vositalaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Ilm-fan taraqqiyoti — inson salomatligi yo‘lida!
O'zbek
Русский
English