Fakultet tarkibiy tuzilmasi

Pediatriya, farmatsiya, psixologiya va xalqaro fakulteti








Pediatriya, farmatsiya, psixologiya va xalqaro fakulteti dekani

Raxmanaliyev Ulukbek Kimsanjanovich


Qabul vaqti:Dushanba - Shanba kunlari soat 8-30 dan 16-30 gacha
Tel:+9999 170-34-57
Fax:
E-mail:ulugbekyusuf609@gmail.com
Manzil:Chirchiq shahri, Lomonosov ko'chasi, 7-uy

Oquv, oquv-uslubiy, ilmiy, ilmiy-tadqiqot va manaviy-marifiy ishlarga bevosita rahbarlik qilish;

Oliy ta’lim muassasa Kengashi, O‘quv-uslubiy Kengashi hamda fakultet Kengashi, O‘quv-uslubiy qarorlarining fakultet doirasida bajarilishini nazorat etish va ta’minlash;

O‘quv-tarbiyaviy jarayon, talabalarning malakaviy ishi va amaliyoti ustidan nazoratni amalga oshirish;

Dars jadvalini tuzishga rahbarlik qilish va uning bajarilishi ustidan nazorat olib borish;

Talabalar davomatini muntazam nazorat qilish;

Talabalarning fanlardan mustaqil ishlashi, shuningdek, ularning bilimini reyting asosida baholash ustidan nazoratni tashkil etish;

Talabalarni Davlat attestatsiyasiga va bituruv malakaviy ishlarini hamda magistrlik dissertasiyalarini himoya qilishga ruxsat berish;

Iqtidorli talabalarni aniqlash va ular bilan ishlash, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Abu Ali ibn Sino, Beruniy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy nomli Davlat stipendiyalari tanlovida talabalar ishtirokini ta’minlash;

Fanlar bo‘yicha o‘tkaziladigan olimpiadalarda talabalar ishtirokini ta’minlash;

Katta ilmiy xodim-izlanuvchilarni tayyorlash, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish;

Fakultet tarkibidagi kafedralarning fanlari bo‘yicha, shu jumladan xorijiy olimlar bilan hamkorlikda, darslik o‘quv va o‘quv uslubiy qo‘llanmalarni tayyorlashga umumiy rahbarlikni amalga oshirish;

Ta’lim xizmatlarini tashkil etish va amalga oshirish, byudjetdan tashqari mablag‘larni toppish va ulardan o‘quv maqsadlarida foydalanish

Fakultetda va talabalar turar joylarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni o‘tkazish;

Fakultetni bituruvchi talabalarning monitoringini olib borish, ular bilan aloqa o‘rnatish;

Dekanatning asosiy vazifalari:


Fakultetda o‘quv jarayonini tashkil etish va ta’minlash;

Ta’limning barcha masalalari bo‘yicha talabalarga axborot xizmati ko‘rsatish tushuntirish ishlarini olib borish;

Fakultet bo‘yicha buyruq loyihalarini tayyorlash va farmoyishlar chiqarish;

Yuqori tashkilotlarning ko‘rsatmalariga asosan fakultet bo‘yicha tegishli hujjatlar va ma’lumotlarni tayyorlash;

Talabalar faoliyatiga oid ma’lumotlarni yuritish, to‘plash, saqlash va tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish;

Talabalar kontingenti monitoringini olib borish;

Talabalik guvohnomalarini rasmiylashtirish va talabalarga yetkazish;

Reyting daftarchalarini rasmiylashtirish, talabalar o‘zlashtirish natijalarini qayd etib borilishi ustidan nazoratni amalga oshirish va ularni saqlash;

Reyting qaydnomalarini rasmiylashtirish ularning o‘rnatilgan tartibda to‘ldirilishini nazorat qilish va saqlash;

Semestr natijalarini umumlashtirish, hisobotlarni tayyorlash va o‘rnatilgan tartibda Oliy ta’lim muassasa o‘quv-uslubiy boshqarmasiga (bo‘limi) taqdim etish;

Semestr natijalari va stipendiya komissiyasi qaroriga asosan talabalariga stipendiyalar belgilash va ularni kursdan kursaga o‘tkazish xususidagi buyruq loyihalarini tayyorlash;

Bituruvchi talabalarning talabalik guvohnomasi, reyting daftarchasi, o‘quv va shaxsiy varaqalarini OTM talabalar bo‘limiga o‘rnatilgan tartibda topshirish;

Bituruvchi talabalarga tegishli buyruqlar ijrosini ta’minlash.


TDTU Chirchiq filialida turli yillarda Davolash fakulteti dekani bolib quyidagilar ishlagan:


Sultanov Gafurdjan Nematbekovich (2021-2024)

Raximgazivev Umid Gazibayevich (2024 - 2025)

Raxmanaliyev Ulukbek Kimsanjanovich (2025 - hozirgi vaqtgacha)


Pediatriya, farmatsiya, psixologiya va xalqaro fakulteti xodimlari









Kiyamov Otabek Turayevich

O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari



Pediatriya, farmatsiya, psixologiya va xalqaro fakulteti xodimlari










Djumanov Anvar Muhammadiyevich

Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari