Asosiy matnga o'tish

Hurmatli professor-o‘qituvchilar, aziz talabalar! Sizlarni 21-oktyabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!

Hurmatli professor-o‘qituvchilar, aziz talabalar!  Sizlarni 21-oktyabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
2026-10-21

Hurmatli professor-o‘qituvchilar, aziz talabalar!


Sizlarni 21-oktyabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!


Ona tilimiz — milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va g‘ururimiz timsolidir. O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi xalqimiz hayotidagi tarixiy voqea bo‘lib, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, tilimizning nufuzini oshirish va uni kelajak avlodlarga munosib yetkazish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.


Ayniqsa, ta’lim va tibbiyot sohasida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar hamda tahsil olayotgan talabalarning davlat tiliga hurmat bilan munosabatda bo‘lishi, uning boy imkoniyatlaridan samarali foydalanishi va ravnaqiga munosib hissa qo‘shishi muhimdir.


Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik, ilmiy va ijodiy faoliyatingizda ulkan yutuqlar, ta’lim-tarbiya hamda kelgusi faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilayman!


Ona tilimizga ehtirom — millatimizga ehtirom!


Bayramingiz muborak bo‘lsin!


Hurmat bilan,

Sultanov G‘afurdjon Nematbekovich

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali direktori

Bosh sahifaga qaytish