Tursunova Dilnoz Axmatovna
| Qabul vaqti: | Seshanba - Payshanba kunlari soat 09:30 dan 12:00 gacha |
|---|---|
| Tel: | (77)175-52-01 |
| E-mail: | https://tdtuchf.uz/filialchf/pages |
| SAYT: | https://e-kutubxonatdtuchf.uz/Telegram kanal: https://t.me/TTACHFKutubxonasi |
AXBOROT RESURS MARKAZI
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 iyunda - "Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta'minlashni tashkil etish to'g'risida" farmoniga binoan oliy ta’lim kutubxonalari Axborot Resurs Markazlari sifatida ishlay boshladi.
ARM lavozim Yo’riqnomalari Toshkent Davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va Farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlai va farmoyishlariga muvofiq ishlab chiqilgan.
MARKAZNING ASOSIY MAQSADI
• Foydalanuvchilarga axborot-kutubxona resurslaridan foydalanishni ta'minlash;
• Foydalanuvchilarning intellektual, ma'naviy, axloqiy, madaniy va ma'rifiy ehtiyojlarini qondirish uchun sharoitlar yaratish;
• Milliy madaniyatni tiklash va yanada rivojlantirishga, O'zbekiston xalqining tarixiy, ma'naviy va madaniy merosini asrab-avaylashga ko'maklashish;
• Axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan axborot-kutubxona resurslaridan o'zaro foydalanishni ta'minlash.
Bo'limning asosiy vazifalari:
Universiteti Axborot-resurs markazi universitetning axborot-ma’rifiy va madaniy markazi bo‘lib, sifatli ta’lim olish va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga har tomonlama ko‘maklashadi; universitetning ta’lim dasturlariga mos keladigan kitob fondi va zamonaviy elektron resurslar bilan ta’minlaydi; fakultet va kafedralar bilan uzluksiz hamkorlik jarayonida: foydalanuvchilarning ehtiyojlarini o‘rganadi, axborot xizmatlarini ko‘rsatadi, muntazam ravishda yangi xaridlar ko‘rgazmalarini o‘tkazadi, shuningdek, shahar va respublikadagi boshqa oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikni rivojlantiradi.
Universitetning kundalik o‘quv va ilmiy jarayonida kutubxona o‘z foydalanuvchilari uchun maqbul sharoitlarni yaratishga intiladi. Kutubxonaning barcha faoliyati kitobxonning o’zini qulay his qilishiga, kerakli ma’lumotlarni olishiga, xodimlarning e’tiboriga va har bir tashrifdan ma’naviy qoniqishga qaratilgan.
Bundan tashqari universitet xodimlari va talabalari yagona identifikatsiya kartalaridan foydalanish masalalari ham koʻrib chiqildi. Unda dolzarb masalalar bo‘yicha barcha ma’lumotlar, jumladan, hujjatlarni qaytarish muddatlari va ularga rioya etilishi ustidan nazorat o‘z aksini topadi.
Shu jumladan ARM fondida 350 nomdagi 13,600 ga yaqin o‘quv abadiyotlari mavjud.Bundan tashqari talabalarga yanada qulay bo‘lish maqsadida elektron kutubxona ham mavjud.
Axborot-resurs Markazi xodimlari
Adashboyeva Niginaxon Alijon qizi
Xorijiy adabiyotlar bilan ishlash bo`limi kutubxonachisi