📢 “KELAJAK TADBIRKORI – 2026” KASB, BANDLIK VA TADBIRKORLIK IMKONIYATLARI YARMARKASI
2026-10-22
📢 “KELAJAK TADBIRKORI – 2026” KASB, BANDLIK VA TADBIRKORLIK IMKONIYATLARI YARMARKASI
Toshkent viloyatida o‘tkazilayotgan “Kelajak tadbirkori – 2026” kasb, bandlik va tadbirkorlik imkoniyatlari yarmarkasida Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali faol ishtirok etmoqda.
Yarmarka doirasida filial tomonidan maxsus pavilion va ko‘rgazma maydonlari tashkil etilib, ta’lim muassasasining faoliyati, mavjud imkoniyatlari hamda klinik bazalari namoyish etilmoqda. Shuningdek, filialning klinik bazalari ish beruvchilar sifatida mehnat yarmarkasida faol qatnashib, ishtirokchilarga mavjud ish o‘rinlari va kasbiy faoliyat imkoniyatlari haqida ma’lumot bermoqda.
Tadbirda filialning professor-o‘qituvchilari hamda talabalari faol ishtirok etib, o‘zaro tajriba almashish, kasbiy aloqalarni kengaytirish va yangi imkoniyatlar bilan tanishish imkoniga ega bo‘lmoqda.
Mazkur yarmarka yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish, kasbiy salohiyatini namoyon etish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali — ta’lim, kasbiy rivojlanish va bandlik imkoniyatlarini kengaytirish yo‘lida!
Boshqa yangiliklar
-
🌍 Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali vakillari Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan xalqaro sammitda ishtirok etmoqda2026-10-21 -
Hurmatli professor-o‘qituvchilar, aziz talabalar! Sizlarni 21-oktyabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!2026-10-21 -
RENTGEN — TIBBIYOT OLAMIDAGI BUYUK KASHFIYOT2026-10-20
O'zbek
Русский
English